YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumini o‘tkazishni qo‘llab-quvvatladi

2025-yil 14-15-avgust kunlari Toshkentda VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda "Markaziy Osiyo - ishonch, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning umumiy makoni" mavzusidagi forum Markaziy Osiyo va undan tashqarida mintaqaviy muloqot va hamkorlikni muhokama qilish uchun 100 dan ortiq ekspertlar, hokimiyat vakillari va diplomatlarni to‘pladi.
Forum doirasida mintaqaviy iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish va mintaqaviy o‘ziga xoslikni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan - sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Akademik va tahliliy markazlarning mustaqil xalqaro ekspertlari YXHTga a’zo boshqa davlatlarning muvaffaqiyatli mintaqaviy hamkorligi misollarini taqdim etdilar.
"Forum bizga xavfsizlik va ishonch muloqot orqali qurilishini eslatib turadi. Ushbu tamoyil bundan aniq 50 yil muqaddam Xelsinki Yakunlovchi hujjati imzolanganidan buyon YXHT faoliyatining asosini tashkil etib kelmoqda. Ishonch bir zumda paydo bo‘lmaydi - u izchil, shaffof va inklyuziv o‘zaro ta’sir tufayli shakllanadi. Aynan shuning uchun Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari, shuningdek, xalqaro hamkorlar vakillari yuzma-yuz uchrashishi mumkin bo‘lgan bunday uchrashuvlar juda muhim ahamiyatga ega," - dedi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori, elchi Antti Kartunen o‘zining kirish so‘zida.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etildi. Tadbir YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatori va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.