YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori sudyalarga oid milliy sud qarorlarida xalqaro shartnomalar qoidalarni qo’llash bo'yicha seminarning ham-tashkilotchisi bo’ldi
2020 yil 24 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sud sudyalari va Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz vakillari milliy sud qarorlarida xalqaro shartnomalar qoidalarni qo’llash bo'yicha uch kunlik seminarni yakunlashdi.
“Aralashgan” formatda bo’lib o'tgan seminarda qariyb 69 ishtirokchilar, shu jumladan 13 nafar ayollar qatnashdi. Tadbir YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan, Oliy sud, Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturidagi (UNDP) "O'zbekistonda qonun ustuvorligi bo'yicha sheriklik" loyihasi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir boshida, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov, AQShning O'zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum, Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz rahbari professor Akmal Saidov, BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska va YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori elchi Jon MakGregor ishtirokchilarni qutlashdi. Ular o'zlarining chiqishlarida mamlakatda olib borilayotgan qonun ustuvorligi, sud hokimiyatining mustaqilligi va odil sudlovni amalga oshirish sohasidagi islohotlar yuzasidan izoh berishdi.
YXHT loyihalari koordinatori YXHTning ko'plab tegishli majburiyatlari borligini ta'kidlab, sudyalarga kuchli mustaqil sud tizimiga ehtiyoj borligini eslatdi, va bu yo'nalishda juda katta yutuqlarga erishilayotganini takidladi. "YXHTning xavfsizlikka har tomonlama yondashuv prizmasidan kelib chiqqan holda, O'zbekiston xalqiga foyda nafaqat ularning inson huquqlariga bo'lgan e'tiboridan, balki kuchli qonun ustuvorligi tufayli qat’iy iqtisodiy xavfsizlikdan kelib chiqadi", dedi elchi.
Seminar davomida ikki xalqaro ekspert - Jorj Tugushi (Gruziya) va Aleksandr Vashkevich (Belorusiya) odil sudlovni amalga oshirishda xalqaro standartlar haqida maruza qildilar. Ular Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt (ICCPR), Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga qarshi konventsiya (CAT) va Ayollarga nisbatan barcha shakldagi diskreminatsiyani yo'q qilish to'g'risidagi konventsiya (CEDAW) qoidalarini milliy sud qarorlarida qo’llash bo'yicha boshqa mamlakatlarning tajribalariga e'tibor qaratdilar. Ishtirokchilar tinch yig'ilish, ekstraditsiya va gender diskriminatsiyaga oid amaliy vazifalarni ham bajarishdi.
Mamlakatdagi sud-huquq islohotlarini qo'llab-quvvatlash loyihasi doirasida ma'muriy, jinoiy va fuqarolik ishlari bo'yicha ish olib borayotgan Toshkent shahar, Toshkent va Sirdaryo viloyat sudyalari seminarda qatnashdi. Ushbu loyiha YXHTning loyihalari koordinatori va Oliy sud tomonidan amalga oshirilmoqda. Shu kabi seminarni yaqin oylarda O'zbekistonning boshqa viloyatlarda ham o'tkazilishi rejalashtirilgan.