Янгиликлар
News and press releases
ЕХҲТ фаолияти ҳақида янгиликлар ва пресс-релизлар
Xalqaro kuzatuvchilarning fikriga koʻra, Oʻzbekistondagi konstitutsiyaviy referendum islohotlarning davomi sifatida koʻrindi, biroq asl plyuralizm yetishmovchiligi tufayli jarayon zaiflashdi
Publishing date: 1 мая 2023
Content type: Пресс-релиз
Where we are: OSCE Office for Democratic Institutions and Human Rights
What we do: Сайлов
TOSHKENT, 2023-yil 1-may – O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy referendum texnik jihatdan yaxshi tashkillashtirilgan va turli huquq va erkinliklarni amalga oshirishga qaratilgan harakat sifatida keng targ‘ib qilingan, biroq YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi xalqaro kuzatuvchilarining bergan bugungi bayonotiga ko‘ra, referendum asl siyosiy plyuralizm va raqobatga to‘g‘ri kelmaydigan muhitda bo‘lib o‘tdi.
ДИИҲБ Ўзбекистонда референдумни кузатиш бўйича чекланган миссиясини очди
Publishing date: 28 марта 2023
Content type: Пресс-релиз
Where we are: OSCE Office for Democratic Institutions and Human Rights
What we do: Сайлов
ТОШКЕНТ, 2023-йил 28-март – ЕХҲТнинг Демократик институтлар ва инсон ҳуқуқлари бўйича бюроси (ДИИҲБ) Ўзбекистон Республикаси ҳукуматининг расмий таклифига биноан, 30-апрель куни Ўзбекистонда бўлиб ўтадиган конституциявий референдумни кузатиш бўйича чекланган кузатув миссиясини очди.
YXHT Toshkent viloyatida ayollarni ta’lim va qo‘llab-quvvatlash markazi ochdi
Publishing date: 28 декабря 2022
Content type: News
Where we are: ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори
27 dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy komissiya, Ayollarning jamiyatdagi gender tengligi va oiladagi rolini oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Ayollar va gender masalalari qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Oila va xotin-qizlar bo’limi huzuridagi xotin-qizlarni o’qitish va qo’llab-quvvatlash markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda samarali strategiyalar va ular bilan bog‘liq muammolarni belgilab olish maqsadida YXHTning odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha birinchi milliy simulyatsiya mashg‘uloti o‘z ishini boshladi
Publishing date: 12 декабря 2022
Content type: News
Joriy yilning 12-dekabr kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchi ofisi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy komissiya bilan hamkorlikda Bosh prokuratura huzuridagi Akademiya binosida odam savdosiga qarshi kurash simulyatsiyasi mashg‘ulotlarini Toshkent shahrida boshladi. Besh kunlik simulyatsiya mashg‘ulotlariga huquqni muhofaza qilish organlaridan 50 ga yaqin mutaxassislar, jumladan, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Akademiya, Ijtimoiy va tibbiy yordam agentligi, yuristlar va fuqarolik jamiyat tashkilotlari vakillari yig‘iladi.
YXHT tomonidan o‘tkazilayotgan forumning asosiy e’tibori ta’minot zanjirlarida odam savdosiga qarshi kurashga qaratildi
Publishing date: 5 октября 2022
Content type: News
Bugun Toshkent shahrida YXHTning Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili va muvofiqlashtiruvchisi idorasi va YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi bilan yaqin hamkorlikda tashkil etilgan forumda korxonalar va davlat idoralarining ta’minot zanjirlarida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
“Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” kun tartibi YXHT tomonidan o’tkazilgan O'zbekistondagi tadbirining asosiy mavzusi
Publishing date: 28 сентября 2022
Content type: News
Where we are: ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори
26-27 sentabr kunlari O‘zbekistonning Buxoro shahrida “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik (WPS) kun tartibi va uning inson huquqlari bilan bog’liqligi” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xotin-qizlar va gender tengligi masalalari bo’yicha qo‘mitasi bilan birgalikda hamda YXHTning Dushanbe shahridagi Dasturlar byurosi bilan yaqin hamkorlikda tashkil etildi. Tadbir parlament, sud va huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari uchun xavfsizlik sohasida ayollarning mavqeini oshirish bo‘yicha masalalarni muhokama qilish hamda milliy va mintaqaviy darajada ilg‘or tajriba almashish uchun zamin bo’ldi. “Inson huquqlari, gender masalalari, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlamasdan turib barqaror rivojlanishga erishib bo‘lmaydi va O‘zbekiston bu positsiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi”, – dedi Akmal Saidov, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi raisining birinchi o‘rinbosari. YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi Xans-Ullrix Im BMTning 1325-sonli rezolyutsiya ijrosini qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro xalqaro tajriba almashish orqali YXHT “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” kun tartibini ilgari surishda, uni amalga oshirish, monitoring qilish va baholash sohasida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Davra suhbati quyidagi masalalarga bag'ishlangan to'rtta yalpi majlisda davom etdi: ayollar, shu jumladan, gender asosidagi zo'ravonlik qurbonlari odil sudlovga erishishning ta'minlash; xavfsizlik sohasida ayollarning rolini oshirish; BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-sonli rezolyutsiyasini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ishtiroki. Tadbir yakunida ishtirokchilar BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-rezolyutsiyasini mintaqaviy miqyosda targ‘ib qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba va bilim almashish uchun mintaqaviy platforma yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.
Яқинда ўтказилган ислоҳотларга қарамай, Ўзбекистондаги президент сайловларида ҳақиқий рақобат бўлмади, дейди халқаро кузатувчилар
Publishing date: 25 октября 2021
Content type: Пресс-релиз
Where we are: OSCE Office for Democratic Institutions and Human Rights
What we do: Сайлов
ТОШКЕНТ, 2021 йил 25 октябрь – Халқаро кузатувчиларнинг эътирофича, яқинда ўтказилган самарали ислоҳотларга қарамай, бугун Ўзбекистонда ҳақиқий плюрализм ва президентликка номзодлар ёки фуқаролар ўртасида аҳамиятга молик ўзаро уйғунлик сезилмаган сайловларга ҳақиқий рақобат муҳити етишмади. Қолаверса, сайлов куни баъзи процессуал қоидабузарликларга ҳам йўл қўйилди.