Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT)/ Demokratik Institutlar va Inson Huquqlari Byurosi (DIIHB) Muddatidan oldin o’tkazilayotgan Prezidentlik saylovini kuzatish missiyasini ochmoqda
TOSHKENT, 2 Noyabr 2016 yil – Demokratik Institutlar va Inson Huquqlari Byurosi (DIIHB) rasmiy ravishda 4 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasini Muddatidan oldin o’tkaziladigan Presidentlik saylovini kuzatish tadbirini boshladi. Tadbirning ochilishi O’zbekiston Respubikasi Hukumatining rasmiy taklifi asosidi amalga oshirildi.
Missiyani Elchi Peter Teyler tomonidan boshqarilib, Toshkent shaxrida 15 nafardan iborat bo’lgan kuzatuvchi ekspert, hamda mamlakat bo’ylab 2 guruhdan iborat bo’lgan 20 nafar uzoq-muddatli kuzatuvchi ekspertlardan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, DIIHB saylov kuni 250 nafar qisqa muddatli kuzatuvchilarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Kuzatuvchi va ekspertlar YHTBga a’zo 21 mamlakatdan jalb qilinadi.
Muddatidan oldin o’tkazilayotgan Prezidentlik saylovini kuzatish Missiyasi saylovni baholashda YXHT majburiyatlarga, demokratik saylov o’tkazilishining halqaro standartlari va majburitalarga , hamda milliy qonunchilikka tayanib baholaydi. Kuzatuvchilar saylov jarayonida bo’lib o’tadigan tadbirlarni, saylov ma’muriyati va mutassadi tashkilotlar faoliyatini, qonunchilikka rioya qilish va saylovga tegishli ziddiyatlarni barham topish jarayonini kuzatadilar. Kuzatuv miqyosida, ekspertlar saylov tadbirlarini ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritilishini ham kuzatadilar.
Kuzatuv davomida, Missiya tegishli davlat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, nomzodlar, fuqarolar jamiyati vakillari, ommaviy axborot vositalari va diplomatik tashkilotlar vakillari bilan uchrashadi.
Saylov kuni, kuzatuvchilar saylov uchastkalarining ochilishini, ovoz berish jarayonini, byulettenlarni xisoblash va natijalarni taqdim qilish tadbirlarini kuzatishni rejalashtirmoqda. Missiyaning dastlabki natija va xulosalari bo’yicha hujjat saylovdan bir kun keyin chop etiladi. Butun saylov jarayonini qamrab oluvchi yakuniy xisobot va xulosalar tahminan saylovdan ikki oy o’tgandan keyin taqdim etiladi.
Saylov kuzatuvi bo’yicha Missiya, hamda O’zbekistondagi YXHT Proektlarni Koordinator Ofisi o’zining mahsus mandatlari bo’yicha ish olib boradi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun //www.osce.org/odihr/elections/uzbekistan yoki YXHT/DIIHB Ommaviy ahborot vositalari bo'yicha eksperti Inta Lase (Inta.Lase@odihr.uz), + 998 90 953 55 48 raqam orqali murojaat etishingiz mumkin.