Янгиликлар
News and press releases
ЕХҲТ фаолияти ҳақида янгиликлар ва пресс-релизлар
YXHT Orolbo‘yi mintaqasida biologik xilma-xillikni monitoring qilish bo‘yicha kuzgi ekspeditsiyani qo‘llab-quvvatladi
Publishing date: 10 октября 2025
Content type: News
Where we are: ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори
YXHTning barqaror rivojlanish tajribasini va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish choralarini ilgari surish orqali ekologik xavfsizlikni mustahkamlashga ko‘maklashishga qaratilgan loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan Sudochye ko‘liga kuzgi ilmiy-amaliy ekspeditsiya amalga oshirildi. Ekspeditsiya YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatorining moliyaviy ko‘magida hamda Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasining Orol dengizi havzasi loyihalarini amalga oshirish agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Qoraqalpoq davlat universiteti, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning yetakchi olim va ekspertlari ishtirok etdi. Dala ishlari suv sathi va sho‘rlanish darajasini kuzatish, o‘simliklar holatini tavsiflash, GPS xaritalash, bioxilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va dastlabki tahlil qilishdan iborat bo‘ldi. Monitoringning zamonaviy usullari, jumladan, tirik organizmlarning reaksiyasi asosida atrof-muhit holatini baholashning samarali vositasi bo‘lgan bioindikatsiya qo‘llanildi. "Sudochye suv-botqoq ekotizimini monitoring qilish nafaqat ilmiy, balki strategik ahamiyatga ham ega. Ekspeditsiya natijalari ham iqlim o‘zgarishi, ham antropogen omillar ta’sirida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi hamda Orolbo‘yining biologik xilma-xilligini saqlash va degradatsiya bo’lgan hududlarini tiklash bo‘yicha takliflarni shakllantirish imkonini beradi,"- dedi ekspeditsiyada qatnashgan YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Antti Kartunen. "Biz Markaziy Osiyoning eng zaif mintaqalaridan birida biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni, ayniqsa, “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz." Ekspeditsiyada ishtirok etgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi agentligining loyiha menejeri Abrorjon Karimov so‘zlariga ko‘ra, Sudochye monitoringi shunchaki ma’lumot yig‘ish emas, bu mintaqa barqarorligiga qo‘shilgan hissadir. “Biz oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarni qayd etamiz va ularni aniq qarorlar uchun asosga aylantiramiz. YXHT ko‘magi tufayli ekspeditsiya yuqori darajada tashkil etildi va barcha xavfsizlik standartlariga rioya qilingan holda o‘tdi,” – dedi Abrorjon Karimov. YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori 2016 yildan buyon Orolbo‘yi mintaqasining biologik xilma-xilligini monitoring qilishda Xalqaro jamg‘armani qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Sudochye ko‘liga ekspeditsiya Markaziy Osiyoda tabiiy resurslarni barqaror boshqarish va ekologik barqarorlikni rivojlantirish bo‘yicha kengroq tashabbusning bir qismidir. YXHTning ko’magi O‘zbekistonga nafaqat Parij bitimi va Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya doirasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarishga, balki ekologik boshqaruvga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga ham yordam beradi.
YXHT penitensiar muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganishga ko‘maklashadi
Publishing date: 3 октября 2025
Content type: News
Where we are: ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори
What we do: Инсон ҳуқуқлари
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Xalqaro taraqqiyot va odil sudlov markazi (CDJI) bilan hamkorlikda ozodlikdan mahrum etish muassasalarida monitoringni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik trening o‘tkazdi. Treningning maqsadi qiynoqlarning oldini olish va huquqbuzarliklarni aniqlashda monitoring tashriflarining roli va vazifalarini tushunishni ta’minlash, shuningdek, bunday tashriflarni rejalashtirish va o‘tkazish bo‘yicha xalqaro amaliyotni o‘rganishdir. Tadbirda Ombudsman devoni xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirok etdi. Interfaol mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan ikki kunlik trening davomida ishtirokchilar monitoring tashriflarini rejalashtirish va o‘tkazish, dalillarni to‘plash va tahlil qilish, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalari ma’muriyati va u yerda saqlanayotgan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazishning samarali usullari bilan tanishdilar. Hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash, amaliy tavsiyalarni shakllantirish va ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga monitoring tashriflari davomida qo‘llash uchun mo‘ljallangan metodologiya taqdim etildi. Amaliy topshiriqlar va guruh muhokamalari monitoring tashriflarini rejalashtirishni va ularni keyinchalik o‘tkazish jarayonida ilg‘or tajribalarni yanada chuqurroq o‘zlashtirishga yordam berdi. Ushbu trening 2006-yildan buyon davom etib kelayotgan YXHT va Ombudsmanning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘lib, jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashriflari sohasidagi salohiyatni mustahkamlash, shuningdek, ushbu sohada kompleks yondashuvlarni ishlab chiqishga qaratilgan.
YXHT mehnat migratsiyasidan qaytgan O‘zbekiston ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashmoqda
Publishing date: 29 сентября 2025
Content type: News
Where we are: ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори
What we do: Гендер тенглик
Toshkent viloyatida mehnat migratsiyasidan qaytgan xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi. YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko’magida otgan tadbirni Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi tashkil etildi. Seminarda 100 ga yaqin ishtirokchi, jumladan, migratsiyadan qaytgan ayollar, davlat organlari vakillari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Ishtirokchilar turizm va mehmondo‘stlik sohasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lib, tajriba almashdilar. “Mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollar nafaqat qimmatli ko‘nikma va tajriba, balki jamiyat rivojiga hissa qo‘shish istagini ham olib kelishadi. Ushbu salohiyatni amalga oshirish inklyuziv iqtisodiy o‘sish uchun muhim ahamiyatga ega,"- dedi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Antti Karttunen. Seminar YXHTning ayollar mehnat migratsiyasini samarali boshqarish va mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollarning iqtisodiy reintegratsiyasiga ko‘maklashishga qaratilgan byudjetdan tashqari loyihasi doirasida o‘tkazildi. Loyiha Germaniya, Norvegiya, Turkiya va Koreya Respublikasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
YXHT Qoraqalpog‘iston ayollarining raqamli marketing ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashmoqda
Publishing date: 17 сентября 2025
Content type: News
Where we are: ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори
What we do: Маълумот , Гендер тенглик
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonning 150 dan ortiq xotin-qizlari IT va kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilimlarini oshirdilar. Shuningdek, elektron tijorat va raqamli marketing ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirdilar. Bunday tashabbus raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, o‘z tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi. Nukus va qo‘shni tumanlar ayollari ishtirok etgan treninglar Qoraqalpog‘iston poytaxtidagi zamonaviy va dinamik rivojlanayotgan IT-Park Uzbekistan filialida taqdirlash marosimi bilan yakunlandi. Bu YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan 2022-yildan buyon IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan to‘rtinchi tashabbusdir. O’tgan vaqt davomida mamlakatimiz turli hududlarida 500 dan ortiq xotin-qizlar o‘qitildi. "Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish YXHTning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Raqamli ko‘nikmalarga o‘qitish ayollar ga ham shaxshiy, ham kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar taqdim qiladi hamda hududlarning barqaror rivojlanishiga, shuningdek, hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadi,"- dedi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Antti Karttunen. Dastur ishtirokchilari berilgan imkoniyatni yuqori baholadi. "Men uchun bu trening haqiqiy kashfiyot bo‘ldi. Ilgari kompyuterdan deyarli foydalanmasdim, endi esa raqamli vositalarni ishonch bilan o‘zlashtiryapman, onlayn savdo qilishni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali tovarlarni ilgari surishni o‘rgandim. Bunday tashabbuslar xotin-qizlarimiz salohiyatini amalga oshirishga yangi imkoniyatlar berayotgani ayniqsa ahamiyatlidir. Trening menga nafaqat bilim, balki o‘z tadbirkorligimni rivojlantirish va kelajakda boshqa ayollarga ish o‘rinlarini yaratish uchun motivatsiya berdi,"- dedi trening ishtirokchisi Mehrinur Uzakbayeva. Bunday tashabbuslar misolida maqsadli ko’mak va sifatli ta’lim ayollarga barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishga qanday yordam berishini ko‘rsatadi.
Bolalar uchun yanada xavfsiz kelajak yaratishda chegara bilmas hamkorlik
Publishing date: 13 сентября 2025
Content type: News
Where we are: ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори
What we do: Инсон ҳуқуқлари
O’zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari bolalar huquqlari bo’yicha vakillarining birinchi xalqaro forumini qabul qilmoqda
Hamkorlikning muhim bosqichlari nishonlanmoqda: Xelsinki yakuniy hujjatining 50 yilligi va YXHTning O‘zbekistondagi faoliyatining 30 yilligi
Publishing date: 6 сентября 2025
Content type: News
Where we are: ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan Tashkilotning ta’sis hujjati- Xelsinki Yakuniy akti imzolanganining ellik yilligi hamda YXHTning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori hukumat, diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati va uzoq yillik hamkorlar vakillarini o‘tgan yillardagi yutuqlarni yodga olib, umumiy majburiyatlarni yana bir bor tasdiqlash uchun birlashtirdi. YXHTning amaldagi raisining maxsus vakili, elchi Terxi Xakala ishtirok etdi va 50 yil oldin imzolangan Xelsinki Yakuniy aktiga doimiy hurmatni saqlab qolish muhimligini alohida ta’kidladi: "Ushbu yubileyni nishonlar ekanmiz, keling, Xelsinki ruhiga bo‘lgan sadoqatimizni yangilaylik. Biz duch kelayotgan muammolar- geosiyosiy, ekologik yoki ijtimoiy bo‘lishidan qat’i nazar- birlik va mintaqaviy hamkorlikni talab qiladi. Mintaqaviy diplomatiya va islohotlardagi kuchli roli bilan O‘zbekiston bu yo‘lda muhim hamkordir." YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori, elchi Antti Karttunen o‘z nutqida so‘nggi o‘ttiz yil ichida tashkilot mamlakatda muhim rol o‘ynaganini ta’kidladi: "Keyingi 30 yil davomida YXHT O‘zbekiston bilan mamlakatda islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, institutlarni mustahkamlash, inson huquqlari va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘lni-qo‘lga berib ishladi. Bugun biz muhim yubileyni nishonlamoqdamiz, lekin e’tiborimizni kelajakka qaratishimiz kerak. Barqaror jamiyat barpo etishda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni jarayonlarga jalb etish naqadar muhimligini ortiqcha ta’kidlab bo‘lmaydi." Tadbirda O‘zbekiston va butun mintaqada YXHT tamoyillarini ilgari surishga bo‘lgan qat’iy sadoqatni namoyon etdi.
YXHT Urganchda yoshlar uchun mediasavodxonlik bo‘yicha treninglar o‘tkazdi
Publishing date: 21 августа 2025
Content type: News
Where we are: ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори
What we do: Kiber/AKT Xavfsizlik, Озодлик ва ОАВ нинг ривожланиши
19-20 avgust kunlari Urganch shahrida "Yoshlar media savodxonligi – radikallashuv va terrorizmga qarshi kurashishda samarali vosita" mavzusida ikki kunlik trening o’tkazildi. Tadbir YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori loyihasining ijrochi hamkori bo‘lgan O‘zbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ko‘magida tashkil etildi. Treningda jurnalistlar, blogerlar va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar noto‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlash ko‘nikmalar-ni mustahkamlashga, shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashga mas’uliyatli yondashuvni targ‘ib qilishga qaratilgan bo’lib, ishtirokchilar destruktiv kontentga qarshi kurashishda tanqidiy fikrlash, faktlarni tekshirish, shuningdek, raqamli vositalardan foydalanish va kiberxavfsizlikni ta’minlashning ahamiyatini muhokama qildilar. Amaliy sessiyalar davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi. YXHTning O'zbekistondagi loyihalar Koordinatori, elchi Antti Kartunen ochilish so‘zida raqamli davrda yoshlar o‘rtasida mediasavodxonlikning muhimligini ta’kidladi: "Mediasavodxonlikni rivojlantirish- bu nafaqat soxta yangiliklarni aniqlash qobiliyati, balki tanqidiy fikrlash va har qanday yoshda har qanday manbadan olingan ma’lumotlarga mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishdir,"- dedi Antti Kartunen. Shuningdek, elchi Antti Kartunen YXHTning terrorizm va radikallashuvga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli yondashuvini va uning doirasida media savodxonligi profilaktika choralarining muhim elementi sifatida qaralishini ta’kidladi. Ushbu yondashuv inson huquqlarini hurmat qilish, qonun ustuvorligi tamoyillari va davlat tuzilmalari, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi inklyuziv hamkorlikka asoslangan b’olib, bular xabardor va ekstremistik g‘oyalarga qarshi tura oladigan yoshlarni tarbiyalashning asosiy elementlaridir. Trening YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatorning harbiy-siyosiy yo’nalish doirasida terrorizmga qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihasi doirasida amalga oshirildi. Tadbir yoshlar uchun yanada xavfsiz va xabardor raqamli muhit yaratish maqsadida mamlakatning turli hududlarida o‘tkazilayotgan bir qator tashabbuslarning bir qismi bo‘ldi. Bunday treninglar O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham o‘tkaziladi.